
Bu yo'l haqi uchun toʻlovlar butunlay kontaktsiz, innovatsion usuli. Endi siz bank kartasini olib yurish yoki hamyondan chiqarish haqida oʻylashingiz shart emas, chunki qoʻlingiz doim siz bilan.
Biometrik toʻlov xizmati barcha yoʻlovchilar uchun majburiy boʻlmaydi – boshqa barcha toʻlov usullari ham ishlab turishda davom etadi.
Kaft bilan toʻlov qilish juda oson: turniketga oʻrnatilgan qurilma ustiga istalgan kaftingizni tutib turing. Turniket ochiladi va toʻlov miqdori bogʻlangan transport kartasidan yechiladi.

Ilovani GooglePlay va AppStore dan yuklab oling

Telefon raqamingizni va parolni kiriting

yoki bepul virtual karta oching

Metro bekatidagi roʻyxatdan oʻtish stoliga boring.
Stol yaqinidagi hamkorlarimiz sizdan kaftingizni suratga oluvchi maxsus qurilma ustiga qoʻyishingizni soʻrashadi. Qoʻlingizni toʻgʻri tuting va uni qurilmadan 15 sm balandlikda tuting.
Avval oʻng qoʻlingizni, soʻng chap qoʻlingizni qoʻying. Shundan soʻng ekranda QR-kod paydo boʻladi.
ATTO mobil ilovasi yordamida QR-kodni skanerlang. Ilovaning bosh ekranida "PalmPay ni faollashtirish" tugmasini bosing, soʻng "QR-kodni skanerlash" tugmasini bosing.
ATTO ilovasida PalmPay ishga tushirilganini tekshiring
Turniketdan oʻtishdan oldin, bogʻlangan transport kartasida toʻlov uchun yetarli mablagʻ borligiga ishonch hosil qiling. Qoʻlingizni qurilmadan 15 sm balandlikda tuting
Turniketdan oʻtishdan oldin qoʻlqopni yeching, kaftingizni yopmaydigan qilish uchun kiyim yengini yuqoriga torting
Maxsus qurilma oʻrnatilgan turniketga yaqinlashing
Kaftingizni skaner ustiga qo‘ying va yashil chiroq yonishini kuting. Chiroq yoqilgach, turniket orqali o‘ting
Toʻlov miqdori biroz vaqt oʻtib bogʻlangan transport kartasidan yechiladi
Turniketdan oʻting va yo'lingiz bexatar bo'lsin!