
1991-yil 18-noyabr
O'zbekiston Respublikasi Davlat Bayrog'i
"O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i to'g'risida"gi Qonun
1991-yil 18-noyabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida qabul qilingan.
Moviy rang
Osmon va suv ramzi, tabiat go'zalligi, hayot manbai va tinchlik timsoli.
Yashil rang
Tabiat yangilanishi, bahor va umid ramzi, xalqimizning farovonlik yo'lidagi intilishi.
Oq rang
Poklik va halollik ramzi, tinchlik va xotirjamlik timsoli.
Qizil chiziqlar
Har bir tirik jonning qon tomirida urib turgan hayotiy kuch, hayot ramzidir.
Yarim oy va yulduzlar
O'zbekiston xalqining an'anaviy ramzi. Yarim oy - yangilanish ramzi, 12 yulduz - yil oylarini va qadimiy burjlar tizimini ifodalaydi.
