
Korrupsiya shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish. 2017-yil 3-yanvardagi O‘RQ-419ga asosan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan.
Qonunda korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari belgilab berilgan: Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: qonuniylik, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, ochiqlik va shaffoflik, tizimlilik, davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi, korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi, javobgarlikning muqarrarligi. “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunda belgilab berilgan talablarning ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi PQ-5177-sonli Qarori asosida barcha davlat organlari va tashkilotlarida, shu jumladan “Toshkent metropoliteni” DUKda “Korrupsiyani oldini olish” xizmati joriy etilgan.