Markaziy Osiyodagi birinchi, xavfsiz, qulay va tez jamoat transportlaridan bo'lib 1977-yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda.

Metro qurilishining ilk bosqichlari

Rivojlanish bosqichidagi poyezdlar

Yangi texnologiyalar va kengaygan imkoniyatlar
Toshkent shahri bo'ylab xizmat ko'rsatadigan hamda o'zaro bog'langan metropoliten yo'nalishlari
Chilonzor yo'nalishi birinchi ishga tushgan yo'nalish bo'lib Buyuk Ipak yo'li bekatidan Chinor bekatigacha davom etadi
O'zbekiston yo'nalishi ikkinchi ishga tushgan yo'nalish bo'lib Beruniy bekatidan Do'stlik bekatigacha davom etadi
Yunusobod yo'li uchinchi ishga tushgan yo'nalish bo'lib Turkiston bekatidan Mingo'rik bekatigacha davom etadi
Yer usti halqa yo'li to'rtinchi ishga tushgan yo'nalish bo'lib Texnopark bekatidan Qipchoq bekatigacha davom etadi
Poydevor qo'yishdan zamonaviy kengayishgacha - doimiy o'sish va innovatsiyalar.
Markaziy Osiyoda birinchi va yagona metro tizimi qurilishi boshlandi.
1977-yil 6-noyabrda “Olmazor” bekatidan “Amir Temur xiyoboni” bekatiga qadar, “Chilonzor” elektrodepo kompleksi va aloqa uyi foydalanishga topshirildi.
Uzunligi 4,2 km, “Amir Temur xiyoboni” bekatidan “Buyuk ipak yo‘li” bekatigacha bo‘lgan 3 ta bekat 1980-yil avgust oyida foydalanishga topshirildi. Ushbu bekatlar ishga tushirilgach, Chilonzor metro yo'nalishining qurilishi janubi-g‘arbdan shimoli-sharqqa shahar markazi orqali 12 bekat va uzunligi 16,3 km bo‘lgan.
Alisher Navoiy bekatidan Toshkent bekatiga qadar uzunligi 5.6 kmdan ortiq bo'lgan shahar markazini temir yo'l vokzaliga tutashtiruvchi jami 5 ta bekat 1984-yil 26-noyabrda foydalanishga topshirildi.
Uzunligi 3,2 km dan ortiq bo‘lgan, “Toshkent”, “Mashinasozlar”, “Do‘stlik” bekatlari 1987-yil foydalanishga topshirildi.
Uzunligi 2,2 km dan ortiq bo‘lgan, “Alisher Navoiy” bekatidan “Chorsu” bekatiga qadar 2 ta bekat 1989-yil foydalanishga topshirildi.
3,2 km uzunlikdagi Chorsu bekatidan Beruniy bekatigacha boʻlgan 2 ta bekat 1991-yil aprel oyida foydalanishga topshirilgan.Umumiy uzunligi 14,2 km boʻlgan Oʻzbekiston yo‘nalishi 11 ta bekat va Oʻzbekiston elektrodeposini oʻz ichiga oladi.
Shahar aholisiga transport xizmati koʻrsatishni yanada yaxshilash maqsadida, 2001-yil 26-oktabr sanasida Ming oʻrik bekatidan Shahriston bekatigacha boʻlgan Yunusobod metro yo’nalishining 1-bosqichi, umumiy uzunligi 7,15 km boʻlgan 6 ta bekat foydalanishga topshirildi.
2016-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan metro qurilishini davom ettirishga qaratilgan qator qarorlar imzolandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 7-noyabrdagi "Toshkent metropolitenining Yunusobod liniyasining ikkinchi bosqichini qurish" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida PQ-2653-sonli qaroriga muvofiq Yunusobod metro yo‘nalishining 2,9 km uzunlikdagi ikkita 'Turkiston' va 'Yunusobod' bekatlari qurilishi boshlandi. 2020-yilda avgust oyida ikkita bekat foydalanishga topshirildi. Hozirgi vaqtda Yunusobod yo‘nalishining umumiy uzunligi 9,5 km bo‘lib, 8 bekat bilan yirik turar-joy massivini shahar markazi bilan bog‘laydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-maydagi PQ-2979-son qaroriga muvofiq "Toshkent shahrida halqa yer usti metro liniyasini qurish" loyihasi amalga oshirilmoqda.
2020-yil avgust oyida metro halqa yer usti yo‘nalishining 1–bosqichi – 11,5 km uzunlikdagi 7 ta bekat foydalanishga topshirildi. Ushbu qarorlar ijrosini ta'minlash maqsadida 2020-yilda umumiy uzunligi 21,4 km bo‘lgan 14 ta yangi metro yo‘nalish va bekatlari qurilib, foydalanishga topshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-noyabrdagi "Toshkent metropolitenining Sergeli liniyasini qurish" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida PQ-2664-sonli qaroriga muvofiq 2020-yil dekabr oyida 7,0 km uzunlikdagi yangi Sergeli metro yo‘lining 5 ta bekati qurildi va foydalanishga topshirildi.
Yunusobod-Turkiston bekatlar 2021-yilda foydalanishga topshirilgan.
Turon-Qipchoq bekatlari 2024-yilda foydalanishga topshirilgan.
Bugungi kunda Toshkent metropoliteni Markaziy Osiyoning yetakchi shahar transport tizimi sifatida 70 kilometrdan ortiq uzunlikda 50 ta bekatlar bilan faoliyat yuritmoqda. 2024-yilning so'nggi choragida kunlik yo'lovchi tashish soni 1 milliondan oshgan.