
“Toshkent metropoliteni” DUK boshlig‘ining 2025-yil 20-noyabrdagi N-408-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, “Metropolitenning mavjud bekatlaridagi xonalarni qayta ta’mirlash orqali hojatxona va ona-bola xonalarini qurish” obyekti loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan. Yuqorida ko‘rsatilgan obyektda loyiha hujjatlariga muvofiq qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish hamda ijara asosida ushbu hojatxona va ona-bola xonasidan foydalanadigan tashkilotni aniqlash belgilangan.
E’LON TASHABBUSKORI MANZILI O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, I.Karimov ko‘chasi, 16A-uy. “Toshkent metropoliteni” DUK. ELЕKTRON ENG YAXSHI TAKLIF ISHTIROKCHILARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR Eng yaxshi takliflarni tanlashda qurilish ishlarini amalga oshirishda yetarli tajribaga ega bo‘lgan, ishlarni bajarishda metropoliten tomonidan taqdim etiladigan loyiha hujjatlariga hamda Shaharsozlik qoidalariga qat’iy rioya etilishini ta’minlaydigan tashkilotlar ishtirok etishlari mumkin. Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan tashkilotlari o‘zlarining tijorat takliflari (qog‘oz variantda) bilan “Toshkent metropoliteni” DUK boshqarmasiga murojaat qilishlari so‘raladi. TANLOV VA BUYURTMACHI HAQIDA MA’LUMOT Buyurtmachining nomi: “Toshkent metropoliteni” DUK. Buyurtmachining manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, 100027, I.Karimov ko‘chasi 16A-uy. Boshlanish sanasi: 4.12.2025-y. Tugash sanasi: 12.12.2025-y. Takliflarni taqdim etishning oxirgi kuni va vaqti: 12.12.2025-y. soat 16:00 gacha (Toshkent vaqti bilan).