“Toshkent metropoliteni” DUKda xodimlari ishtirokida giyohvandlikning zararli oqibatlari to'g'risida davra suhbati tashkil etildi.

“Toshkent metropoliteni” DUKda yoshlar, xususan metropoliten xodimlari ishtirokida giyohvandlikning zararli oqibatlari hamda bunday illatlarning oldini olishga qaratilgan davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan giyohvandlikning inson salomatligi va jamiyatga yetkazadigan salbiy ta’siri, uning ijtimoiy, psixologik va huquqiy oqibatlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, narkotik vositalarga qaramlik inson hayotini izdan chiqarishi, oilaviy muammolarni keltirib chiqarishi, jinoyatchilikning ortishiga va turli og‘ir kasalliklarga sabab bo‘lishi alohida ta’kidlab o‘tildi. Yigʻilish ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, mavzu real hayotiy misollar asosida yanada kengroq yoritildi. Ayniqsa, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, zararli odatlardan uzoq bo‘lish va turli salbiy ta’sirlarga nisbatan mustahkam qarashni rivojlantirish muhim ekani qayd etildi. Tadbir yakunida bunday profilaktik uchrashuvlarni muntazam tashkil etish, xodimlar va yoshlar o‘rtasida tushuntirish ishlarini yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
