“Eng faol yosh xodim” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-148-son qarori hamda “Toshkent metropoliteni” DUK boshlig‘ining 2026-yil 29-iyundagi 219-son buyrug‘i ijrosi doirasida xizmat va depolarda faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar o‘rtasida “Eng faol yosh xodim” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Tanlov Nizomda belgilangan mezonlar asosida baholash hay’ati tomonidan shaffof va xolis tarzda tashkil etildi. Ishtirokchilarning kasbiy mahorati, Toshkent metropoliteni faoliyatiga oid bilimlari, amaliy ko‘nikmalari, tashabbuskorligi hamda jamoat ishlaridagi faolligi baholandi. Tanlov yakunlariga ko‘ra g‘oliblar: 1-o‘rin – S.R. Bekmurodov, Ta’lim muassasalari bilan ishlash xizmati boshlig‘i vazifasini bajaruvchi; 2-o‘rin – J.J. Xayrullayev, “Harakat” xizmati “Amir Temur xiyoboni” bekati boshlig‘i. 3-o‘rin – N.I. Matxiddinov, “Elektr ta’minoti” xizmati Iqtisodiy rivojlantirish va mehnatni tashkil qilish bo‘limi yetakchi mutaxassisi. Tanlovda ishtirok etgan barcha yosh xodimlarga faol ishtiroki uchun minnatdorlik bildiramiz. G‘oliblarni erishgan natijalari bilan samimiy tabriklaymiz hamda kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
