Metropoliten xodimlari — e’tibor va e’tirof markazida

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida “Toshkent metropoliteni” AJ jamoasi vakillari uchun taqdirlash marosimi tashkil etildi. Unda metropoliten tizimining turli yo‘nalishlarida fidokorona mehnat qilib kelayotgan 100 nafardan ortiq ishchi-xodim O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida “Toshkent metropoliteni” AJ jamoasi vakillari uchun taqdirlash marosimi tashkil etildi. Unda metropoliten tizimining turli yo‘nalishlarida fidokorona mehnat qilib kelayotgan 100 nafardan ortiq ishchi-xodim O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Tadbirda davlatimiz tomonidan soha xodimlariga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va ishonch, ularning mashaqqatli mehnatini munosib qadrlash hamda rag‘batlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar alohida qayd etildi. Ta’kidlanganidek, bunday e’tirof va yuksak ishonch har bir xodimga katta ruhiy kuch bag‘ishlab, o‘z kasbiga bo‘lgan mas’uliyatini yanada oshiradi. Bu esa yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va samaradorligini yanada yaxshilashga xizmat qiladi. Taqdirlash marosimi yakunida soha xodimlariga bildirilayotgan bunday yuksak e’tibor kelgusida yanada katta natijalarga erishish, kasbga sadoqat bilan xizmat qilish va Toshkent metropolitenini rivojlantirish yo‘lida munosib hissa qo‘shish uchun muhim rag‘bat ekani ta’kidlandi.
