“Toshkent metropoliteni” AJ raisining navbatdagi qabuli o‘tkazildi

“Toshkent metropoliteni” AJda fuqarolar hamda ishchi-xodimlarning murojaatlarini o‘rganish, ularning muammo va takliflarini bevosita tinglash hamda mavjud masalalarga amaliy yechim topish maqsadida “Toshkent metropoliteni” AJ raisining navbatdagi qabuli o‘tkazildi.
“Toshkent metropoliteni” AJda fuqarolar hamda ishchi-xodimlarning murojaatlarini o‘rganish, ularning muammo va takliflarini bevosita tinglash hamda mavjud masalalarga amaliy yechim topish maqsadida “Toshkent metropoliteni” AJ raisining navbatdagi qabuli o‘tkazildi. Qabul davomida murojaat qilgan xodimlarning mehnat faoliyati, ijtimoiy masalalar, ish sharoitlarini yaxshilash bilan bog‘liq muammo va takliflari atroflicha tinglandi. Har bir murojaat alohida tartibda ko‘rib chiqilib, masalalarni hal etish yuzasidan tegishli tarkibiy bo‘linma va xizmatlar rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi. Ta’kidlash joizki, qabul jarayonida har bir murojaatchining masalasi yakka tartibda, mas’ul xodimlar ishtirokida va zarur hujjatlar asosida chuqur o‘rganildi. Murojaatlarning ayrimlari shu yerning o‘zida ijobiy hal etildi. Bunday qabullar xodimlarning murojaatlarini bevosita o‘rganish, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash, muammolariga o‘z vaqtida yechim topish hamda jamoada ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
