METROPOLITENDA XAVFSIZLIK HOLATI VA FAVQULODDA VAZIYATLARNING OLDINI OLISH CHORALARI O‘RGANILDI

“Toshkent metropoliteni” AJda yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, shuningdek, bunday holatlar yuzaga kelganda tezkor harakat qilish va evakuatsiya ishlarini samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar o‘rganildi.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri, general-mayor A.I. Ikramov metropolitenda bo‘lib, bekatlar hamda metropoliten infratuzilmasining holati bilan yaqindan tanishdi. O‘rganish davomida, avvalo, bekatlarda yo‘lovchilar uchun yaratilgan sharoitlar, xodimlarning mehnat faoliyati uchun mavjud imkoniyatlar, xavfsizlik talablarining ta’minlanganlik darajasi hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, favqulodda holatlar yuzaga kelganda yo‘lovchilarni xavfsiz evakuatsiya qilish yo‘llari, evakuatsiya chiqishlari, liftlar, bekatlarning umumiy texnik va sanitariya holati hamda boshqa muhim infratuzilma obyektlari batafsil ko‘rib chiqildi. “Toshkent metropoliteni” AJ tomonidan yo‘lovchilar va xodimlar uchun xavfsiz, qulay hamda barqaror sharoitlarni ta’minlash, shuningdek, favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan ishlar muntazam ravishda davom ettirilmoqda.
