“Toshkent metropoliteni” DUKda “Harakat” xizmati xodimlari ishtirokida 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi hamda 2026-yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
14:35 22-01-2026
31
Majlis

Yig‘ilish davomida o‘tgan davr mobaynida faoliyat jarayonida aniqlangan kamchiliklar atroflicha va tanqidiy tahlil qilindi. Shuningdek, 2026-yil uchun asosiy yo‘nalishlar sifatida ish jarayonlarini optimallashtirish, harakat xavfsizligini ta’minlash, xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish hamda jamoa mas’uliyatini kuchaytirish masalalari belgilab olindi.
Bundan tashqari, xizmatning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish, bekatlar boshqaruv tizimini zamonaviy talablarga mos ravishda transformatsiya qilishga doir taklif va tashabbuslar muhokama qilindi.
Izohlar
Yuklanmoqda...
