Metropolitenda harakat xavfsizligi talablarini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
Qonun (O‘RQ–1118-son, 05.02.2026-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
✅ Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, temir yo‘l transporti va metropolitenda harakat va tashish xavfsizligi talablarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi. 💸 Mazkur huquqbuzarlik mansabdor shaxslar va xizmatchilarga BHMning 10 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi. 🗒 Shuningdek, temir yo‘l transporti va metropolitenda harakat va tashish xavfsizligi buzilishi bilan bog‘liq hodisa, u haqidagi ma’lumotlarni qasddan yashirish, – ➖ mansabdor shaxslarga BHMning 10 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi nazarda tutildi. 📜 Bundan tashqari, avtomobil transportida tegishli guvohnoma yonida bo‘lmagan holda yo‘lovchi tashish, yo‘l haqi tariflarini oshirish, muntazam yo‘nalish bo‘yicha tasdiqlangan qatnov jadvaliga amal qilmaslik, tasdiqlangan yo‘nalish sxemasidan chetga chiqish, – ➖ BHMning 3 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi ko‘zda tutildi. 📌 Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
